Yangi Alif ← Bosh sahifa

Kompyuterda ö, ğ, ş, ç harflarini qanday yozish mumkin?

Yangilangan: 2026-yil 2-noyabr

Qisqasi: yangi alifboda kompyuter yoki noutbukda (PC) yozishning eng oson yo'li odatdagidek o', g', sh, ch deb yozish va harflarni dasturga almashtirishdir. Tayyor matn uchun esa onlayn o'girgich yetarli. Quyida barcha usullar va ularning farqi.

1-usul. Yangi Alif dasturi

Windows dasturi yozish paytida harflarni o'zi almashtiradi. Klaviaturani qayta o'rganish shart emas: o' yozsangiz ö, sh yozsangiz ş chiqadi. Word, Telegram va brauzerda ishlaydi.

Dastur hali raqamli imzoga ega emas. Windows ogohlantirishi mumkin, Smart App Control yoqilgan kompyuterlarda esa ochilmasligi mumkin.

Dasturni yuklab olish

2-usul. Onlayn o'girgich

Matn yoki Word hujjat tayyor bo'lsa, uni o'girish sahifasiga yuklang. Hech narsa o'rnatish kerak emas, fayl hech qayerga yuborilmaydi, telefonda ham ishlaydi.

3-usul. Word'dagi kodlar

Microsoft Word'da kodni yozing va darhol Alt + X ni bosing. Kod harfga aylanadi.

HarfKodHarfKod
ö00F6Ö00D6
ğ011FĞ011E
ş015FŞ015E
ç00E7Ç00C7

Bu usul faqat Word kabi dasturlarda ishlaydi va uzun matn uchun noqulay.

4-usul. Alt kodlar

Alt tugmasini bosib turib, o'ngdagi raqamlar blokida kodni tering:

HarfKod
öAlt + 0246
ÖAlt + 0214
çAlt + 0231
ÇAlt + 0199

Bu usul to'liq emas: ğ va ş uchun Alt kod ishonchli ishlamaydi. Ruscha klaviatura tartibida boshqa belgi chiqishi ham mumkin, raqamlar bloki bo'lmagan noutbuklarda esa foydalanish qiyin.

5-usul. Turkcha klaviatura tartibi

Windows'ga turkcha tartibni qo'shsangiz, ö, ğ, ş, ç alohida tugmalarda bo'ladi:

  1. Sozlamalar → Vaqt va til → Til va mintaqa ni oching.
  2. Til qo'shish ni bosing va Türkçe ni tanlang.
  3. Tartiblar orasida Win + Probel bilan o'ting.
HarfInglizcha klaviaturadagi tugma
ğ[
ş;
ö,
ç.

Bu tartibda boshqa tugmalar ham o'zgaradi. Masalan, I tugmasi ı harfini beradi, i harfi, vergul va nuqta esa boshqa joyga ko'chadi. Ko'nikish kerak bo'ladi.

Telefonda qanday yoziladi?

Ko'pchilik telefon klaviaturalarida harfni bosib tursangiz, qo'shimcha belgilar chiqadi: o da ö, g da ğ, s da ş, c da ç. Klaviaturangizda bo'lmasa, sozlamalardan turkcha tilni qo'shib ko'ring. Tayyor matnni esa o'girish sahifasi telefonda ham o'giradi.

Qaysi usulni tanlash kerak?

HolatTavsiya
Har kuni ko'p yozamanYangi Alif dasturi yoki turkcha tartib
Tayyor Word hujjat borOnlayn o'girgich
Bitta-ikkita harf kerakWord kodlari
TelefondamanHarfni bosib turish yoki o'girgich

Alifbodagi o'zgarishlar haqida yangi alifbo qo'llanmasida o'qing.

Hujjatni o'girish Yangi alifbo haqida